Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Juniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor va endi Rikelme hamda Delgado dueti aynan shu yo‘nalishda faol ishlashga kirishadi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng sermahsul to‘purar bo‘lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing