Al Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Ronalduning norozilikdan keyin tez orada qaytishi haqida gaplar bo'lsa-da, bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga, jumladan Ronalduning o'ziga ham dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv turganini ta'kidladi.
«Ronalduga dam berilishi yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda uning maydonga tushmay qolishi birinchi holat emas», — deya Jezushning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!