Kerjakov Inter Juventusni yengishiga ishonmoqda

“Zenit”ning sobiq futbolchisi Aleksandr Kerjakov Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Inter” va “Yuventus” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bahs haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kerjakovning ta’kidlashicha, Milan klubi o‘z maydonida ustunlik qiladi: u “Inter” 2:0 yoki 3:1 hisobida yutishini taxmin qildi. Shuningdek, u uchrashuvda Hakan Chalhano‘g‘lu gol urishida yoki samarali harakatida ishtirok etishini kutayotganini aytdi.
A Seriyaning 25-turidagi “Inter” – “Yuventus” o‘yini shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalarning birinchi davradagi o‘yinida “Inter” safarda “Yuventus”ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing