Tottenhem Tudorga qaramay Pochettinoni qaytarishi mumkin

Londonning “Tottenhem” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligi uchun Maurisio Pochettinoni yana qaytarish g‘oyasidan voz kechmagan. Bu haqda Telegraph nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Igor Tudor “shporlar” bilan joriy mavsum yakunigacha mo‘ljallangan kelishuv imzolagani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Manbaga ko‘ra, klub Tudorni tayinlash ehtimoli borligiga qaramay, yozda hozirda AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Pochettinoni qaytarish variantini ochiq qoldirmoqda. Tudorning “Tottenhem” bilan shartnomasi 2026 yil iyunigacha amal qiladi, Pochettinoning AQSh bilan kelishuvi esa jahon chempionati yakunidan keyin tugaydi.
Qayd etilishicha, “Tottenhem” hozircha Tudorni rasman murabbiy etib e’lon qilmagan. Avvalroq klub natijalar qoniqarsiz bo‘lgani sabab Tomas Frank bilan xayrlashganini bildirgan edi.
Premer-liganing 26 turidan so‘ng “Tottenhem” 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
Shuningdek, “Tottenhem” bosh murabbiylik uchun uch nomzod orasidan tanlov qilayotgani ham ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!