date

Napoli yarim himoyachisi Angissa mart boshida safga qaytadi

Napoli yarim himoyachisi Angissa mart boshida safga qaytadi

«Napoli»ning kamerunlik yarim himoyachisi Andre-Zamro Angissa o‘tgan yil noyabr o‘rtalaridan beri jarohat sabab maydonga tusha olmayapti. Bu neapolliklar uchun sezilarli yo‘qotish bo‘lib, jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchining tezroq qaytishini intizorlik bilan kutmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Repubblica xabariga ko‘ra, Angissaning qaytishi uzoqda emas: u mart oyining boshida safga kirishi kutilmoqda. Qaytish 1 mart kuni «Verona»ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lishi mumkin, agar bunga ulgurmasa, 8 martdagi «Torino» bilan uchrashuvda maydonga tushishi ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, «Napoli» hozir boshqa musobaqalarda ishtirok etmayapti: klub Chempionlar ligasi va Italiya kubogidan chiqib ketgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli yarim himoyachisi Angissa mart boshida safga qaytadi