date

Golovin qizil kartadan keyin hissiyotlar ustun kelganini aytdi

Golovin qizil kartadan keyin hissiyotlar ustun kelganini aytdi

Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin “Monako”ning “Nant”ga qarshi o‘yinida maydondan chetlatilgani bo‘yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

13 fevral kuni fransuz chempionatining 22-turida “Monako” o‘z maydonida “Nant”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Golovin uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi, ikki bor golli uzatma muallifi bo‘ldi, biroq 65-daqiqada qizil kartochka olib, o‘yinni muddatidan oldin yakunladi. U bir necha soniya ichida ketma-ket ikki sariq kartochka oldi.

“Menimcha, bu yerda jiddiy narsa yo‘q, kichik tushunmovchilik bo‘ldi. Ehtimol, bir joyda ortiqcha hissiyotga berilib ketdim, ammo o‘sha vaziyatda hakam sariq kartochka bilan cheklanishi ham mumkin edi”, — deya Golovinning so‘zlarini “Sport-Ekspress” keltiradi.

Hozirda “Monako” Fransiya chempionatida 31 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Golovin qizil kartadan keyin hissiyotlar ustun kelganini aytdi