Real Endrikni qaytarib, keyingi mavsumga tayyorlamoqda

Madridning “Real” klubi hozirda “Lion”da ijara asosida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Endrik bo‘yicha aniq qarorga keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Teamtalk jurnalistlari bergan ma’lumotga ko‘ra, “qirolichalar” 19 yoshli futbolchini jamoaga qaytarishni kutmoqda va uning yordami keyingi mavsumda as qotishiga ishonmoqda.
Endrikka Angliyaning “Arsenal”, “Chelsi” va “Tottenhem” klublari ham qiziqish bildirgan, biroq “Real”ning pozitsiyasi sabab uning APLga ko‘chib o‘tishi ehtimoli past.
Joriy mavsum Fransiya chempionatida braziliyalik forvard 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing