date

Manchester Yunayted Onana bo'yicha yozgi qarorini belgiladi

Manchester Yunayted Onana bo'yicha yozgi qarorini belgiladi

«Manchester Yunayted» rahbariyati kamerunlik darvozabon Andre Onana masalasida keyingi qadamni aniqlab oldi. Hozirda u ijara asosida Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasida to'p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sun Sport jurnalistlari xabariga ko'ra, «qizil iblislar» Onanani yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan. 28 yoshli posbonning bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, Onananing «Trabzonspor» bilan ijara shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Turkiya chempionatining joriy mavsumida Andre 17 uchrashuvda maydonga tushdi: u 22 ta gol o'tkazib yuborgan, 4 bahsda esa darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Onana bo'yicha yozgi qarorini belgiladi