Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Argentina giganti «Boka Huniors» klubida sport direktori lavozimiga yangi tayinlov e'lon qilindi. Endilikda ushbu vazifani Marselo Delgado bajaradi va u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rahbariyat jamoani zudlik bilan kuchaytirish zarurligini yashirmayapti. Shu sababli Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda tarkibni mustahkamlash masalalarida tezkor yechimlar ustida ishlashi kutilmoqda.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Delgado 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!