Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» klubning yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi. Bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi va u jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda. Shu sabab Delgado va Rikelme transferlar hamda jamoani qayta shakllantirish bo‘yicha asosiy vazifalarni birgalikda olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogi to‘purarlari ro‘yxatida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bir qatorda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!