date

Martynovich Haverts bilan maydondagi qiziq suhbatni esladi

Martynovich Haverts bilan maydondagi qiziq suhbatni esladi

«Kairat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyin londonliklar hujumchisi Kayo Haverts bilan bo‘lgan kulgili suhbat tafsilotlarini aytib berdi. Nemis futbolchisi Martynovichning yuzini qayerdandir tanigandek tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning so‘zlariga ko‘ra, Haverts undan: «Nega bilmadim, yuzingiz menga juda tanish», deb so‘ragan. Bunga javoban «Kairat» futbolchisi avvalroq «Bayer»ga qarshi o‘yinlarda ustun kelishganini, shuningdek, Haverts «Chelsi»da to‘p surgan davrda ham raqib sifatida bir necha bor ro‘para kelishganini eslatgan.

Martynovich Havertsning o‘yin futbolkasi uning shaxsiy kolleksiyasida borligini ham qo‘shimcha qildi. Shuningdek, Aleksandr faoliyati davomida Rossiyada «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» safida ham o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Kairat» yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida to‘qnash kelgandi. Londonda o‘tgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Haverts bilan maydondagi qiziq suhbatni esladi