Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina klubi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avval «Barselona» safida ham to'p surgan Rikelme bilan birga yangi rahbariyat jamoani tezkor kuchaytirish vazifasini oldiga qo'ymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to'plagan. U Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing