Perreyning goli «Lill»ga «Brest»ga yutqazmaslikka yordam berdi

Inqirozdan asta-sekin chiqib kelayotgan «Lill» o'z maydonida «Brest»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 58-daqiqasida Remi Laskari jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi bilan hisobni ochdi — 0:1. Oradan ko'p o'tmay Felish Korreya uzatmasidan so'ng Gaetan Perreyn aniq zarba berib, muvozanatni tikladi — 1:1.
Durrangdan keyin «Lill» turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi, «Brest» esa 12-pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing