date

Djikya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Djikya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi bo'yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikya maoshning kechiktirilayotgani sababli vaziyatdan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Maoshlar noyabr oyidan beri ushlanib kelayotgani ta'kidlandi, qolgan masalalarda esa u Turkiyadagi sharoitdan mamnun.

32 yoshli himoyachi "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin