Boka Xuniors sport direktorligini Marselo Delgado boshqaradi

Argentina grand klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor, shu sabab Delgado va Rikelme transferlar hamda jamoani qayta shakllantirish masalalariga jiddiy kirishishi kutilmoqda.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!