Arbeloa Mbappeni nega maydonga tushirmaganini tushuntirdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing shanba kungi «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvida hujumchi Kilian Mbappeni maydonga tushirmagani sababini izohladi. Poytaxt klubi 4:1 hisobida gʻalaba qozongan bo‘lsa-da, jamoaning eng sermahsul to‘purari o‘yin davomida zaxirada qoldi va almashtirishga kiritilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arbeloa Mbappening holati yaxshi ekanini ta’kidladi: futbolchi seshanba kuni «Benfika»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda o‘ynashga tayyor bo‘ladi. Murabbiy bu safar uning sog‘lig‘ini tavakkalga qo‘ymaslikka qaror qilinganini aytdi.
«Real»ning «Benfika» bilan navbatdagi bahsi Lissabonda Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining styk raundi doirasida o‘tkaziladi. Javob uchrashuvi 25 fevral kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!