date

Garri Keyn top ligalarda 300 gol urgan to'qqizinchi futbolchi bo'ldi

Garri Keyn top ligalarda 300 gol urgan to'qqizinchi futbolchi bo'ldi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn Yevropaning besh yetakchi chempionatida 300 ta gol chegarasiga yetgan futbolchilar safidan joy oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik forvard ushbu marrani zabt etgan tarixdagi to'qqizinchi futbolchiga aylandi. Keynning yubiley — 300-goli Bundesliga doirasida "Verder"ga qarshi shanba kungi bahsda (3:0) kiritildi.

Unga qadar 300 va undan ko'p gol urishga Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski, Jimmi Grivz, Gerd Myuller, Stiv Blyumer, Diksi Din hamda Zlatan Ibragimovich erishgan.

Top ligalardagi umumiy gollar bo'yicha yetakchi hozircha Messi — 396 ta. Ronaldu esa atigi bir gol ortda. Har ikkisi ham faoliyatini davom ettirmoqda, biroq hozir Yevropadan tashqarida to'p surmoqda.

Keyn "Bavariya"ga o'tishidan oldin uzoq yillar "Tottenhem" sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn top ligalarda 300 gol urgan to'qqizinchi futbolchi bo'ldi