Ikardi xet-trik qildi va Galatasaroy tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaroy Eyu'psporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u uch bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga ishonchli g'alabani ta'minladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixida muhim yutuq keltirdi. U Galatasaroy safida urgan gollari sonini 76 taga yetkazib, ruminiyalik Georgi Hadjini (75) ortda qoldirdi va istanbulliklar tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa argentinalik 7-o'rinda qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon Turkiyaning Galatasaroy jamoasida to'p surmoqda. U bungacha Fransiyaning PSJ klubida ham o'ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing