date

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga yangi nomni e'lon qildi — bu vazifa Marselo Delgadoga topshirildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Avval «Barselona» safida ham to'p tepgan Rikelme va Delgadolardan jamoaga tezkor kuchaytirishlar olib kelish bo'yicha faol ish kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to'plagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi