Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori almashdi. Jamoaning yangi sport direktori etib Marselo Delgado tayinlangani rasman e’lon qilindi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka» tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida jiddiy vazifalar turibdi. Rahbariyat yaqin davrda jamoani kuchaytirish bo‘yicha aniq qadamlar tashlashni ko‘zlamoqda.
Marselo Delgado futbolchi sifatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogi to‘purarlari ro‘yxatida eng yuqoriga ko‘tarilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!