Ikardi Eyu'pspor darvozasiga uch gol urib rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray Eyu'psporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u xet-trik qayd etib, jamoasiga ishonchli g'alaba olib keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining bu uch goli Galatasaray tarixida muhim natijani ham ta'minladi — u klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Mauro bu ko'rsatkichda ruminiyalik Gheorghe Haji (75 gol)ni ortda qoldirdi va o'z hisobini 76 taga yetkazdi. Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa argentinalik hozircha yettinchi pog'onada bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon Galatasaray safida to'p surmoqda. U Istanbul klubiga kelishidan avval PSJ sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing