Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klub boshqaruvida muhim o‘zgarish bo‘ldi: jamoaning yangi sport direktori sifatida Marselo Delgado ish boshladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shu sabab Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda jamoani mustahkamlash bo‘yicha yaqin kunlarda faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birgalikda qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!