date

Pochettino Messiy Neymarning va Mbappeni boshqarish qiyinligini aytdi

Pochettino Messiy Neymarning va Mbappeni boshqarish qiyinligini aytdi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijdagi faoliyati davomida yulduz futbolchilar bilan ishlash oson bo‘lmaganini eslab o‘tdi. Argentinalik mutaxassis qo‘l ostida hujumda Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi harakat qilgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pochettinoning ta’kidlashicha, bunday darajadagi futbolchilar ba’zan o‘zi o‘ynayotgan klubdan ham kattaroq ta’sirga ega bo‘ladi. Murabbiy Messi misolida pressing borasida hamma ham bir xil rolni bajara olmasligini aytib, argentinalik futbolchi hatto Gvardiola davridagi eng yaxshi yillarida ham pressingga tayangan o‘yinchi bo‘lmaganini qayd etdi. Uning fikricha, natija bo‘lmaganda ayb ko‘pincha baribir murabbiy zimmasiga yuklanadi.

Hozir Pochettino AQSH terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida u yozda "Tottenxem"ga qaytishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ham bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino Messiy Neymarning va Mbappeni boshqarish qiyinligini aytdi