Bavariya 35-marotaba Germaniya chempioni bo'ldi

"Bavariya" o'z tarixida 35-marotaba Germaniya chempioni unvonini qo'lga kiritdi. Myunxenliklar Bundesligani chempionlikni 4 tur oldin tasdiqlab, zavqli g'alaba bilan yakunlashdi.
Klubning bosh murabbiyi Vinsent Kompani jamoani ilk to'liq mavsumida ajoyib natijalarga olib chiqdi. Janubiy tribuna oldida o'tkazilgan bayram marosimida 40 yoshli belgiyalik mutaxassisga muxlislar shiddatli olqish ko'rsatishdi.
Marosimni kapitan Manuel Noyer olib bordi. Klub prezidenti Gerbert Xayner bu lahzani "Yil surati" deb atadi. Muxlislar bir ovozdan "Berlin, Berlin" shiorini yangratib, jamoaga Kubok va Chempionlar ligasida ham g'alabani tilashdi.
"Bavariya" joriy mavsum 47 ta uchrashuvda 161 ta gol urdi — bu klub rekordi. Chorshanba kuni jamoa DFB-Pokal yarim finalida "Bayer"ga, seshanba kuni esa Chempionlar ligasida PSJga qarshi o'ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!