20 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

20 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Qisqacha

20-aprel kuni O'zbekiston Markaziy banki oltin quyma narxlarini e'lon qildi. 1 gramm oltin narxi avvalgisiga nisbatan 3200 so'mga pasaydi. Oltin narxining tez o'sishi sababli, oltin quyma sotuvlari hajmi ortgan va ba'zi banklarda ularning tugab qolish ehtimoli mavjud. O'lchovli oltin quymalarni barcha bank ofislaridan xarid qilish mumkin, ammo borishdan oldin mavjudligini aniqlashtirish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 20 apreldagi sotuv narxlari e'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 3200 so‘mga pasaygan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 660 000 so‘m.
10 gram — 19 320 000 so‘m.
20 gram — 38 641 000 so‘m.
50 gram — 96 602 000 so‘m.
100 gram — 193 203 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar