21 aprel uchun dollar kursi prognozi e’lon qilindi

O‘zbekiston valyuta bozorida AQSh dollari kursining navbatdagi pasayishi kuzatilmoqda, deb bankir telegram kanali xabar berdi. Prognozlarga ko‘ra, 21 aprel, 2026 yil kuni amal qiladigan dollar kursi 28-29 so‘m atrofida arzonlashishi kutilmoqda.
Hozirda banklarga dollarni sotish bo‘yicha eng yuqori va qulay narxlarni MKbank (12 100 so‘m), Universalbank (12 100 so‘m) va BRB (12 100 so‘m) taklif qilmoqda. Shuningdek, Garantbank muassasasida valyuta sotish kursi 12 095 so‘m etib belgilangan.
Dollar sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun eng past kurslar Octobank (12 130 so‘m), Anorbank (12 135 so‘m) va OFB (12 140 so‘m) banklarida qayd etildi. Asakabankda esa sotib olish kursi 12 150 so‘mni tashkil etmoqda. Valyuta ayriboshlash operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin banklarning ichki kurslarini qayta tekshirish tavsiiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!