Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. «Barselona»ning sobiq futbolchisi bo‘lgan Rikelme bilan tuzilgan tandem jamoaga tezkor kuchaytirishlar topish vazifasini hal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan. Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga birinchi o‘rinni bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing