Arbeloa Benfika bilan o'yin oldidan qiyinchilikni tan oldi

Madridning «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv arafasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Lissabonda jamoa yuqori saviyada o'ynashi shartligini ta'kidladi. «Qiyin bo'lishini bilamiz. Seshanba kuni g'alaba uchun bor kuchimizni berishimiz kerak», — dedi Arbeloa.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida yutqazgandi va bu natija portugaliyaliklarning pley-offga chiqishiga yordam bergan.
Chempionlar ligasi saralash raundi doirasidagi «Benfika» — «Real» o'rtasidagi ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing