date

Argentina ligasida di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Argentina ligasida di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinga qaytgach, dastlabki o'yinlarda ijobiy taassurot qoldirdi. Biroq keyinchalik uning atrofida bahslar kuchaydi: muammo natijalardan ko'ra ko'proq raqiblarning e'tirozlari bilan bog'liq bo'lib, ular di Mariyani maydonda tez-tez yiqilib, fol ishlatishda ayblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda ham tanqidlar tinmayapti. "Nega di Mariyaning hiylalari uchun unga hech qachon ogohlantirish berilmaydi", "U yulduz, lekin bu ishlar endi toqat qilib bo'lmaydigan darajada", "Shunday darajadagi futbolchi penalti so'rab yurishi achinarli" mazmunidagi fikrlar ko'paygan. Avval "Manchester Yunayted" va "Real"da o'ynagan vinger hozir "Rosario Sentral" safida to'p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina ligasida di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi