Arbeloa Benfika bilan uchrashuv qiyin kechishini tan oldi

Madridning «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis «Real» Lissabonda yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatishi shartligini ta’kidladi. «Qiyin bo‘lishini bilamiz. Seshanba kuni g‘alaba uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan, bu esa portugaliyaliklar uchun pley-off yo‘llanmasini ta’minlagandi.
Chempionlar ligasi stykovoy raundidagi «Benfika» — «Real» o‘rtasidagi ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!