date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina giganti «Boka Xuniors» klubida yangi sport direktori ma’lum bo‘ldi — ushbu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida aniq va tezkor qarorlar qabul qilish vazifasi turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham taniqli bo‘lgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi