Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif qilinishi mumkin

Afsonaviy futbolchi Andres Inyesta yana futbolga yaqin lavozimda ish boshlashi ehtimoli bor. BBC Glasgow Times nashriga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli mutaxassisni Marokash terma jamoasi safiga taklif qilishlari mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Inyestaga Marokash milliy jamoasida texnik direktor lavozimi taklif etilishi ehtimoldan xoli emas.
Marokash terma jamoasi yozda jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida “Atlas sherlari” Braziliya, Shotlandiya va Gaiti bilan bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, avvalgi jahon chempionatida Marokash terma jamoasi to'rtinchi o'rinni egallagan: yarim finalda Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan, uchinchi o'rin uchun o'yinda esa Xorvatiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!