date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini zudlik bilan kuchaytirish zarurati borligi aytilmoqda. Shu bois Delgadoning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga transferlar bo‘yicha faol ish olib borish bo‘ladi.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu ko‘rsatkichda «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga peshqadamlik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi