Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori almashdi: bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoaga shoshilinch tarzda kuchayishlar zarurligi inobatga olinsa, Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida muhim vazifalar turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyati davrida ham katta tajriba to'plagan: u 1995–2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o'tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan. Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing