Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘ldi: u uchta gol urib, klub tarixida eng ko‘p gol urgan legioner sifatida yangi rekord o‘rnatdi.
Ikardi bu ko‘rsatkichda ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi. Hadji Galatasaray safida 75 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Mauro endi 76 ta gol bilan peshqadamga aylandi. Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida esa u hozircha yettinchi pog‘onada.
Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi Galatasaray safida 2023 yildan buyon to‘p surmoqda. U bunga qadar PSJ sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing