date

Zaharyan yaqin o'yinda Real Sosyedat qaydnomasiga kirishi mumkin

Zaharyan yaqin o'yinda Real Sosyedat qaydnomasiga kirishi mumkin

Real Sosyedat matbuot kotibi Yon Ander Munduate yarim himoyachi Arsen Zaharyanning navbatdagi uchrashuvdagi ishtiroki borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq rossiyalik futbolchi jarohat sabab bir nechta o'yinni o'tkazib yuborgan, biroq yaqinda jamoa bilan umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani ma'lum.

Munduatening so'zlariga ko'ra, agar Arsen hafta yakunigacha jarohatsiz ishlashda davom etsa, u Oviedo'ga qarshi o'yin uchun tarkibga kiritilish darajasida tayyor bo'lishi kerak.

Joriy mavsumda 22 yoshli Zaharyan barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 16 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Ispaniya La Ligasi 25-turi doirasidagi Real Sosyedat — Real Oviedo bahsi 21-fevral kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zaharyan yaqin o'yinda Real Sosyedat qaydnomasiga kirishi mumkin