Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi — endilikda bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan va klub rahbariyati shu yo‘nalishda faol harakat qilmoqchi. Delgado va Rikelme duetiga transferlar hamda sport siyosatini shakllantirish bo‘yicha muhim vazifalar yuklanadi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogi mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — u bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan teng natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!