Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Rahbariyat jamoani tez fursatda kuchaytirish zarurligini yashirmayapti va endi bu yo‘nalishdagi asosiy vazifalar aynan ushbu tandem zimmasida bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado o‘tmishda futbolchi sifatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan. Shuningdek, 2003 yilda u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng ko‘p gol urgan futbolchisi bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing