Bellingem faoliyatidagi eng og‘riqli muvaffaqiyatsizlikni aytdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem karyerasida hanuz xotirasidan ketmaydigan eng alamli epizodni esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»sida o‘ynagan paytida Bundesliga chempionligini so‘nggi turda qo‘ldan boy berganini tilga oldi. O‘sha kuni «Mayns» ustidan g‘alaba «asalari»ni chempion qilardi, biroq uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan va oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etgan.
«Hali ham meni ta’qib qiladigan omadsizlik? «Borussiya» bilan mavsumning so‘nggi kunida boy berilgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — deya Madrid Zone nashri futbolchining so‘zlarini keltirdi.
Bellingem 2023 yil yozida, Germaniyadagi o‘sha dramatik yakundan ko‘p o‘tmay, «Borussiya»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!