Mourinyo Real muxlislari hanuz meni shu sabab qadrlaydi

Benfika bosh murabbiyi Joze Mourinyo Realni boshqargan davri haqida fikr bildirib, Madridda ham yutuqlar, ham omadsiz lahzalar bo'lganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, u o'sha paytda qo'lidan kelgan hamma narsani bergan. Mourinyoga ko'ra, Real muxlislari hamon uni aynan fidoyiligi va to'liq berilgan mehnati uchun hurmat qiladi.
Mourinyo Realni 2010–2013 yillarda boshqargan. Ushbu davrda “qaymoqranglilar” Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogini qo'lga kiritgan.
Seshanba, 17 fevral kuni Benfika va Real Yevropa Chempionlar ligasida to'qnash keladi. Avvalroq Mourinyo Realga Chempionlar ligasidan chiqib ketishini, biroq Ispaniya chempionatida g'olib bo'lishini tilagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing