Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Jamoaga zudlik bilan kuchaytirishlar zarurligi bois, ushbu tandem transfer va tarkibni mustahkamlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado o‘tmishda futbolchi sifatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing