Pimenov Rossiya terma jamoasining martdagi raqiblariga baho berdi

Rossiya terma jamoasida avvalroq to‘p surgan sobiq hujumchi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvlari yuzasidan fikr bildirdi. Avval xabar qilingandek, rossiyaliklar Mali va Gvatemala bilan maydonga tushishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pimenovning ta’kidlashicha, xorijiy terma jamoalarga qarshi o‘ynaladigan har qanday uchrashuv foydadan holi emas. U raqibning reytingdagi o‘rni muhim emasligini aytib, imkoniyat bor paytda ko‘proq o‘ynash va tajriba to‘plash kerakligini qayd etdi.
FIFA reytingida Mali 54-o‘rinda, Gvatemala 94-o‘rinda qayd etilgan. Rossiya esa 36-pog‘onada turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi avval bu ikki raqibga qarshi bahs o‘tkazmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!