Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori o‘zgardi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avval «Barselona» safida ham to‘p surgan Rikelme va Delgado jamoaga zudlik bilan kuchli qo‘shimchalar topish vazifasini oldiga qo‘ymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogi to‘purari bo‘lib, turnirda eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoriga kirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing