date

RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan vaqtincha ayrildi

RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan vaqtincha ayrildi

"RB Leyptsig" asosiy darvozaboni Pyoter Gulachi kamida olti hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda sharqiy Germaniya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik posbon jamoaning "Volfsburg"ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘yinini davom ettira olmadi.

Yaxshi tomoni — Gulachiga jarrohlik amaliyoti kerak emas. Shifokorlar uning chap tizzasidagi medial kollateral boylam yorilganini aniqlashdi. Darvozabon joriy mavsumda 22 rasmiy o‘yinda qatnashib, 10 bahsda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Hozirda "RB Leyptsig" Germaniya chempionati turnir jadvalida 40 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan vaqtincha ayrildi