Angliyada Chelsi futbolchilarining xatti-harakati tanqid ostida qoldi

O‘tgan dam olish kunlari Londonning «Chelsi» klubi Angliya kubogi doirasida «Hall Siti»ga qarshi bahs olib bordi. O‘yinoldi marosimida maydonga chiqish chog‘ida «Chelsi» futbolchilari «Hall» akademiyasining yosh tarbiyalanuvchilari saf tortib turgan yo‘lakdan o‘tishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Odatda bunday vaziyatda futbolchilardan bolalarga hech bo‘lmaganda qisqa e’tibor — salomlashish yoki qo‘l berib qo‘yish kutiladi. Biroq videolavhalarga ko‘ra, «Chelsi» o‘yinchilari yosh futbolchilarni deyarli butunlay e’tiborsiz qoldirgan.
Ushbu holat Angliyada jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ko‘plar klub rahbariyati bunday munosabat uchun uzr so‘rashi kerakligini ta’kidlamoqda, eng qizig‘i, tanqidlar orasida «Chelsi» muxlislari ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!