Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Argentinaning "Boka Huniors" klubi yangi sport direktorini e'lon qildi — endi bu lavozimda Marselo Delgado ishlaydi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi, Rikelme esa avval "Barselona" sharafini ham himoya qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj, shu sabab Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda jamoani mustahkamlash masalalarida tezkor qarorlar ustida ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik davrida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — "Santos" hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirning eng yaxshi to‘purariga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!