Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Delgado tayinlandi

Argentina klubi “Boka Xuniors” yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati borligi bois, bu tandem oldida muhim vazifalar turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, u 2003 yilda “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing