Angliyada Chelsi futbolchilarining xatti-harakati keskin tanqid qilindi

O‘tgan dam olish kunlari Londonning «Chelsi» jamoasi Angliya Kubogida «Xall Siti»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvoldidan futbolchilar stadionga chiqishda «Xall» akademiyasi tarbiyalanuvchilari saf tortib turgan koridordan o‘tishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq ko‘pchilik kutganidek, «Chelsi» futbolchilari bolalarga hech bo‘lmasa qisqa e’tibor ham ko‘rsatmadi. Video lavhalarda londonliklar yosh futbolchilarni butunlay pisand qilmay, yonidan beparvo o‘tib ketgani aniq ko‘rinadi.
Voqea Angliyada katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik va muxlislar klublar rahbariyati vaziyat uchun uzr so‘rashi kerakligini ta’kidlamoqda, ayrim «Chelsi» ishqibozlari esa futbolchilar bunday munosabatdan uyalishi lozimligini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing