Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Delgado tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado keldi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avval “Barselona” safida to‘p surgan Rikelme va Delgado tandemi jamoaga zudlik bilan kuchaytirishlar topish vazifasini bajaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionati bahslarida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, bu sovrinni “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing