Ronaldu yozda Yevropa grandiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchilikni ortda qoldirdi va boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduz hujumchi klubini o‘zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida qayd etilgan.
Ronaldu ning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!